Kampirtepada turizm infratuzilmasi yaxshilanmoqda

Date:

Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulov “Oks Aleksandriyasi” (Kampirtepa) arxeologiya yodgorligida olib borilayotgan qurilish, restavratsiya va obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi.

Ayni paytda majmuaning kirish qismi va tashrif buyuruvchilarni qabul qilish hududida qayta qurish ishlari davom etmoqda. Obyektning tarixiy o‘ziga xosligini saqlagan holda zamonaviy sayyohlik maskaniga aylantirish asosiy maqsad qilib belgilangan.

Tuman hokimi jarayondagi kamchiliklarni bartaraf etish, ishlarni loyiha talablari bo‘yicha sifatli bajarish hamda yodgorlikni belgilangan muddatda foydalanishga topshirish yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxonning betakror manzillari jurnalistlar nigohida

Turizm qo‘mitasi tomonidan Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatini keng targ‘ib...

Maktablarda “FAST – superqahramonlar” ta’lim dasturi joriy etiladi

Yurtimizda ilk bor qabul qilingan Infarkt va insultga qarshi...

Tibbiy xizmat yaxshilanadi

Muzrabot tumanidagi Chegarachi mahallasida “Tashabbusli byudjet” dasturining birinchi mavsumi...

Xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi Qo‘riqlash xizmatida kuz-qish mavsumini xavfsiz...
KunTun
KunTun