1200 ta xonadon toza ichimlik suvi bilan ta’minlanadi

Date:

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Sariosiyo tumanida aholi farovonligi va turmush qulayligini oshirishga qaratilgan yana bir muhim loyiha amalga oshirildi.

“Yangi O‘zbekiston” massivida 1200 ta xonadonni toza ichimlik suvi bilan ta’minlashga mo‘ljallangan, sig‘imi 1000 kub metr bo‘lgan yangi suv inshooti foydalanishga topshirildi.

Ochilish marosimida tuman hokimi Odiljon Yaqubov, soha mas’ullari, nuroniylar, mahalla faollari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Tadbirda tuman hokimi yig‘ilganlarni Mustaqillik bayrami bilan tabriklab, yangi inshoot hududdagi ichimlik suvi ta’minotini yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

Shundan so‘ng ishtirokchilar suv inshootida yaratilgan sharoitlar va uning faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Mustaqillik bayrami arafasida ishga tushirilgan mazkur inshoot 1200 ta xonadon uchun barqaror ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash bilan birga, aholining kundalik turmushida muhim qulaylik yaratadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Tomorqadan daromad, tikuvchilikdan bandlik

Angor tumanining "Bahor" mahallasida kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini...

Taekvondochilarimiz xalqaro musobaqada sovrindor

Namangan shahrida Taekwondo WT bo‘yicha o‘tkazilayotgan “Uzbekistan Open 2026”...

Ustozlar ichra a’lo

“Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” respublika tanlovida Boysun...

Bolalar xavfsizligi axborot makonidagi mas’uliyatdan boshlanadi

Bugun bolalarni zararli axborotdan himoya qilish faqat ota-onalar yoki...
KunTun
KunTun