Ta’lim maskani yangilandi

Date:

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi arafasida Qumqo‘rg‘on tumanida yoshlar kelajagiga qaratilgan bunyodkorlik ishlari izchil davom etmoqda. Yangiobod mahallasidagi 53-sonli umumta’lim maktabi uchun barpo etilgan yangi o‘quv binosi foydalanishga topshirildi. Umumiy qiymati 2 milliard 731 million so‘m bo‘lgan loyiha doirasida 180 o‘rinli qo‘shimcha bino qurilib, o‘quvchilar uchun zamonaviy va qulay ta’lim muhiti yaratildi.

Tantanali ochilish marosimida tuman hokimi o‘rinbosari N. Allanazarov, deputatlar, nuroniylar, faxriy ustozlar va o‘qituvchilar ishtirok etdi. Tadbirda yangi imkoniyatlardan samarali foydalanish, o‘quvchilarga puxta bilim va munosib tarbiya berish, ularni Vatanga sadoqatli va barkamol insonlar etib voyaga yetkazish muhimligi ta’kidlandi.

Yangi o‘quv binosi Qumqo‘rg‘on yoshlari uchun Mustaqillik bayrami arafasidagi munosib tuhfa bo‘lib, ta’lim sifatini oshirish va yosh avlod salohiyatini ro‘yobga chiqarishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Taekvondochilarimiz xalqaro musobaqada sovrindor

Namangan shahrida Taekwondo WT bo‘yicha o‘tkazilayotgan “Uzbekistan Open 2026”...

Ustozlar ichra a’lo

“Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” respublika tanlovida Boysun...

Bolalar xavfsizligi axborot makonidagi mas’uliyatdan boshlanadi

Bugun bolalarni zararli axborotdan himoya qilish faqat ota-onalar yoki...

O‘zlashtirish odatga aylanganda

Internetda birgina tugma orqali maqola, surat yoki musiqani ko‘chirib,...
KunTun
KunTun