Teatr sehri yaxshi kayfiyat ulashdi

Date:

Aholining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, teatr va san’atga bo‘lgan qiziqishni oshirish borasidagi madaniy tadbirlar Sherobod tumanida ham davom etmoqda. Sherobod tumani Madaniyat uyida Surxondaryo viloyati musiqali drama teatri jamoasi tomonidan taniqli dramaturg Erkin Xushvaqtov asari asosida sahnalashtirilgan “Andishali kelinchak” komediyasi namoyish etildi.

Hayotiy voqealar, qiziqarli obrazlar va yumorga boy spektakl tuman aholisi tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi. Tomoshabinlar aktyorlarning mahoratli ijrosi orqali samimiy kulgu va ko‘tarinki kayfiyatga boy lahzalarni boshdan kechirdilar. Tadbirda turli yoshdagi aholi, san’at ixlosmandlari hamda madaniyatga qiziquvchi yurtdoshlar ishtirok etdi. Spektakl yakunida ijodkorlar tomoshabinlarning olqishlari bilan kuzatildi.

Mazkur madaniy tadbir Sherobod aholisi uchun mazmunli hordiq ulashish bilan birga, teatr san’atining inson hayotidagi o‘rni va ahamiyatini yana bir bor namoyon etdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bolajonlarga munosib tuhfa

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Uzun tumanida yana bir quvonchli...

43-maktabning qo‘shimcha binosi bor

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Sariosiyo tumanida bunyodkorlik ishlari izchil...

Yana bir maktab yangilandi

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Oltinsoy tumanida yosh avlod uchun...

“Fonus” e’tirofga sazovor

Mustaqillik bayrami arafasida o‘zbek kinosining xalqaro maydondagi navbatdagi yutug‘i...
KunTun
KunTun