Bayramga munosib tuhfa

Date:

Jarqo‘rg‘on tumanidagi Navro‘z mahallasida obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari keng ko‘lamda davom etmoqda. Bu jarayon Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimovning mahallaga tashrifida belgilab berilgan vazifalar asosida olib borilmoqda.

Ayni paytda ko‘chalar va jamoat hududlarini obodlashtirish, tozalash, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda mahalla qiyofasini yanada chiroyli ko‘rinishga keltirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ishlarga mahallaga biriktirilgan mas’ullar, tashkilot va korxonalar vakillari, mahalla faollari hamda aholi keng jalb etilgan.

Eng muhimi, amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar aholiga qulay va munosib yashash sharoitini yaratish bilan birga, Mustaqillikning 35 yilligi arafasida mahalla ahli uchun munosib tuhfa bo‘lmoqda.

Mahalla aholisi ham bu e’tibordan mamnun. Uzoq yillar davomida ayrim hududlari obodonlashtirishga muhtoj bo‘lgan Navro‘z mahallasining bugun yangilanib, ko‘rkam qiyofa kasb etayotgani fuqarolarda katta xursandchilik uyg‘otmoqda.

Zero, obod mahalla — farovon hayot, xalq roziligi esa bunyodkorlik ishlarining eng muhim mezonidir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxondaryo rivojida ilmiy yondashuv va samarali boshqaruvga e’tibor kuchaytiriladi

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining yigirma oltinchi sessiyasi bo‘lib...

Har bir tomchi suv — hosil va samaradorlik garovi

Muzrabot tumanida qishloq xo‘jaligida suv resurslaridan oqilona foydalanish va...

Bayramga munosib tuhfa

Jarqo‘rg‘on tumanidagi Navro‘z mahallasida obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari keng...

Tantanalar etadi davom

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Uzun...
KunTun
KunTun