Vohaning baliqchilik salohiyati xorijiy investorlarga namoyish etildi

Date:

Xitoylik tadbirkor va ishbilarmonlarning Jarqo‘rg‘on tumaniga tashrifi davomida Obihayot mahallasida baliqchilik yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.

Tuman hokimi Ilhom Saparov hamrohligida xorijiy mehmonlar baliq yetishtirish jarayonlari, mavjud suv havzalari va sohada yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdilar.

Mehmonlarga tumanda baliqchilikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud imkoniyatlar hamda kelgusidagi rejalar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Muloqot davomida sohaga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, ishlab chiqarish hajmini oshirish, ilg‘or xorijiy tajribalarni tatbiq qilish hamda yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Xitoylik ishbilarmonlar Jarqo‘rg‘on tumanining baliqchilik sohasidagi salohiyatiga katta qiziqish bildirib, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish va istiqbolli loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik yo‘nalishlarini belgilab oldilar.

Mazkur tashrif xorijiy investitsiyalarni jalb etish, baliqchilik tarmog‘ini modernizatsiya qilish va tumanning iqtisodiy salohiyatini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxondaryo rivojida ilmiy yondashuv va samarali boshqaruvga e’tibor kuchaytiriladi

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining yigirma oltinchi sessiyasi bo‘lib...

Har bir tomchi suv — hosil va samaradorlik garovi

Muzrabot tumanida qishloq xo‘jaligida suv resurslaridan oqilona foydalanish va...

Bayramga munosib tuhfa

Jarqo‘rg‘on tumanidagi Navro‘z mahallasida obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari keng...

Tantanalar etadi davom

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Uzun...
KunTun
KunTun