Surxondaryo viloyati hokimi Xitoy elchisini qabul qildi

Date:

“O‘zbekiston (Surxondaryo) – Xitoy” xalqaro forumi doirasida Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Yuy Szyun Termizga tashrif buyurdi.

Termiz xalqaro aeroportida elchini kutib olish jarayonida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov bilan qisqa muloqot bo‘lib o‘tdi.

Suhbat davomida “O‘zbekiston (Surxondaryo) – Xitoy” xalqaro forumining ahamiyati, viloyatning Xitoy bilan savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorligini yanada kengaytirish, shuningdek, yangi istiqbolli loyihalarni amalga oshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Ta’kidlanganidek, mazkur xalqaro forum Surxondaryoning Xitoy hududlari va ishbilarmon doiralari bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqalarini rivojlantirish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish hamda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish uchun muhim muloqot maydoni bo‘lib xizmat qiladi.

Forum doirasida hududlararo hamkorlikni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish va yangi investitsiyaviy loyihalarni hayotga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida: “O‘zbekiston (Surxondaryo) – Xitoy” xalqaro forumi 14–16-avgust kunlari Termiz xalqaro savdo markazining erkin savdo zonasida ilk bor o‘tkazilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxonning betakror manzillari jurnalistlar nigohida

Turizm qo‘mitasi tomonidan Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatini keng targ‘ib...

Maktablarda “FAST – superqahramonlar” ta’lim dasturi joriy etiladi

Yurtimizda ilk bor qabul qilingan Infarkt va insultga qarshi...

Tibbiy xizmat yaxshilanadi

Muzrabot tumanidagi Chegarachi mahallasida “Tashabbusli byudjet” dasturining birinchi mavsumi...

Xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi Qo‘riqlash xizmatida kuz-qish mavsumini xavfsiz...
KunTun
KunTun