Ayrim xodimlar majburiy tibbiy ko‘rik o‘tkaziladi

Date:

Ba’zan ishlayotgan tashkilotimizdan vaqti-vaqti bilan tibbiy ko‘rikdan o‘tishimiz haqida ogohlantirishadi. Sog‘ligimizdan shikoyatimiz bo‘lmasa, bunday ko‘riklar ortiqcha dahmaza bo‘lib tuyiladi. Sog‘lik o‘zimizga kerak. Ammo, shunday bo‘lsa-da, kasallik to‘shakka mixlamaguncha, shifokor ko‘rigiga borish yetti uxlab tushimizga kirmaydi. Shuni ham unutmaslik kerakki, sog‘lom bo‘lishimiz o‘zimiz va atrofdagilarning xavfsizligi uchun ham muhim. Mehnat kodeksining Mehnat kodeksining tibbiy ko‘rik to‘g‘risidagi bandida ham huquq va majburiyatlarimiz aniq keltirib o‘tilgan.

18 yoshga to‘lmaganlar, nafaqa yoshiga yetgan xodimlar, nogironlar, noqulay tungi ishlarda, transport harakati bilan bog‘liq ishlarda band bo‘lganlar, qolaversa, oziq-ovqat sanoatida, savdo va aholiga bevosita xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq soha xodimlari ishga qabul qilinayotganda va keyinchalik tibbiy ko‘rikdan muntazam ravishda o‘tkazilib turishi shart.

Tibbiy ko‘rikdan o‘tish mutlaqo bepul bo‘lib, tibbiy ko‘riklarni o‘tkazish vaqtida xodim ish joyi (lavozimi) va o‘rtacha oylik ish haqi saqlanadi. O‘z navbatida hech bir xodim tibbiy ko‘rikdan o‘tishdan bo‘yin tovlashga haqli emas.

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bezorilik — oddiy mojaro emas

Bezorilik — jamoat tartibiga qarşi qaratilgan, jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini...

Hadislar qa’ridan haqiqat izlab…

Hadis ilmining eng e’tiborli namoyandalaridan biri bölgan Abu Iso...

Taqiqdan amaliy himoyagacha

Mehnat munosabatlarida xavfsizlik faqat texnik talablar va baxtsiz hodisalarning...

Oddiy, ammo muhim tavsiya

Kuz-qiş mavsumida isitiş moslamalaridan foydalaniş ortişi bilan is gazidan...
KunTun
KunTun