Inklyuziv ta’lim — teng imkoniyatlar garovi

Date:

Har bir bola sifatli ta’lim-tarbiya olish va o‘z qobiliyatini namoyon etish imkoniyatiga ega bo‘lishi muhim. Shu jihatdan inklyuziv ta’lim alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlashda muhim o‘rin tutadi. Termiz shahridagi 9-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida inklyuziv guruh faoliyati samarali yo‘lga qo‘yilgan. Ayni paytda guruhda 9 nafar tarbiyalanuvchi ta’lim-tarbiya olayotgan bo‘lib, ularning rivojlanishi defektolog va logoped mutaxassislar tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda.

Maxsus korreksion xonada bolalarning nutqini rivojlantirish, muloqot ko‘nikmalarini shakllantirish va ijtimoiy moslashuviga ko‘maklashishga qaratilgan mashg‘ulotlar muntazam tashkil etilmoqda.

E’tiborlisi, joriy yilda 5 nafar tarbiyalanuvchi tayyorlov guruhini tamomlab, umumiy o‘rta ta’lim maktablarining inklyuziv sinflarida o‘qishni davom ettiradi. Bu kabi amaliy yondashuv bolalarning ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirib, ularni keyingi bosqichga munosib tayyorlashga xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxonning betakror manzillari jurnalistlar nigohida

Turizm qo‘mitasi tomonidan Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatini keng targ‘ib...

Maktablarda “FAST – superqahramonlar” ta’lim dasturi joriy etiladi

Yurtimizda ilk bor qabul qilingan Infarkt va insultga qarshi...

Tibbiy xizmat yaxshilanadi

Muzrabot tumanidagi Chegarachi mahallasida “Tashabbusli byudjet” dasturining birinchi mavsumi...

Xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi Qo‘riqlash xizmatida kuz-qish mavsumini xavfsiz...
KunTun
KunTun