Mehnat ortidan farovon hayot

Date:

Mehnat — farovonlik va baraka manbai. Buni nafaqada bo‘lishiga qaramay, halol mehnatdan to‘xtamayotgan Angor tumanining Chinobod mahallasida yashovchi Orol bobo Bobomurodov faoliyati misolida ham ko‘rish mumkin.

Orol bobo yillar davomida dehqonchilik, chorvachilik va parrandachilik bilan shug‘ullanib, oilasi farovonligiga o‘z mehnati bilan hissa qo‘shib kelmoqda. Bundan 8 yil avval tashkil etgan issiqxonasida ham mo‘l hosil yetishtirib, daromadini ko‘paytirmoqda.

— Issiqxona tashkil qilganimizga 8 yil bo‘ldi. Dehqonchilik, chorvachilik va parrandachilikdan daromadimiz yaxshi. Eng muhimi, o‘z mehnatimiz bilan ro‘zg‘orimizni obod qilib kelyapmiz, — deydi Orol bobo.

Orol boboning hayot yo‘li mehnatsevarlik, tadbirkorlik va yerga mehr bilan yondashish inson farovonligining mustahkam poydevori ekanini ko‘rsatib turibdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Inklyuziv ta’lim — teng imkoniyatlar garovi

Har bir bola sifatli ta’lim-tarbiya olish va o‘z qobiliyatini...

Qulaylik yaratildi

Aholiga sifatli va tezkor veterinariya xizmatlarini ko‘rsatishda mutaxassislarning zarur...

Mehnat ortidan farovon hayot

Mehnat — farovonlik va baraka manbai. Buni nafaqada bo‘lishiga...

Shahnoza Haydarova — Osiyo chempioni

O‘zbekiston yoshlar sportida yana bir yorqin natija! Osiyo chempionatida...
KunTun
KunTun