Istiqlol qanotida orzular sari…

Date:

Mustaqillik — bu nafaqat tarixiy sana, balki bugungi avlodning erkin va farovon hayot kechirishi, bilim olishi, o‘z iste’dodini namoyon etishi va kelajakka dadil qadam qo‘yishi uchun yaratilgan imkoniyatlar timsolidir.

Shu bois istiqlol g‘oyalarini yosh avlod qalbiga singdirish, ularda Vatanga muhabbat, milliy g‘urur va yurt taqdiriga daxldorlik tuyg‘usini shakllantirish muhim vazifalardan biridir.

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan mamlakatimiz bo‘ylab tashkil etilayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar ham xuddi shunday ezgu maqsadga xizmat qilmoqda. Shu munosabat bilan O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Surxondaryo viloyat Kengashi hamda Termiz shahridagi “Amudaryo” bolalarni sog‘lomlashtirish oromgohi hamkorligida “Mustaqillik qanotida orzular sari” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Unda partiyaning viloyat Kengashi xodimlari, oromgoh rahbariyati, pedagog va tarbiyachilar hamda yozgi ta’tilda hordiq chiqarayotgan bolalar ishtirok etdi.

Tadbirda istiqlol yillarida mamlakatimizda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari, yoshlarning ta’lim olishi, iste’dod va qobiliyatini ro‘yobga chiqarishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida so‘z yuritildi. Zero, bugun maktabda ta’lim olayotgan, kitob o‘qiyotgan, sport va san’at bilan shug‘ullanayotgan har bir bolaning orzusi va intilishi mamlakatimiz kelajagi bilan chambarchas bog‘liq.

Suhbatlar davomida tinchlik va osoyishtalikning inson hayotidagi beqiyos qadri, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash, kitobxonlik va ma’naviy kamolotning yoshlar tarbiyasidagi o‘rni haqida ham fikr almashildi. Shuningdek, O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining ta’lim-tarbiya, kitobxonlik va yoshlarni milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash borasidagi tashabbuslari haqida ma’lumot berildi.

Tadbirning eng samimiy lahzalari esa bolajonlarning chiqishlarida namoyon bo‘ldi. Ular Vatan, Mustaqillik va tinchlikni madh etuvchi she’rlar, kuy-qo‘shiqlar hamda badiiy chiqishlarni namoyish etdilar. Yosh ishtirokchilarning sahnadagi ishonchli va jo‘shqin chiqishlari ularning iste’dodi bilan birga, Vatanga bo‘lgan mehrini ham namoyon etdi.

Yakunda faol ishtirokchilar, ustoz va tarbiyachilar O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi viloyat Kengashining faxriy yorliqlari hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Darhaqiqat, mustaqillikning eng katta ne’matlaridan biri — farzandlarimizning o‘z orzularini erkin qurishi va ularni ro‘yobga chiqarish imkoniyatiga ega ekanidir. Bugun qalbida Vatan muhabbati, ko‘zida katta orzular bilan ulg‘ayayotgan bolalar ertangi taraqqiyotimiz bunyodkorlaridir.

Shu ma’noda, “Mustaqillik qanotida orzular sari” kabi tadbirlar yosh avlodga istiqlolning mazmun-mohiyatini anglatish, ularda milliy g‘urur va daxldorlik tuyg‘usini mustahkamlash bilan birga, orzular sari dadil intilish uchun ma’naviy qanot ham beradi.

Ulug‘bek XO‘JAQULOV

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yurtni ardoqlab…

Vatan mustaqilligi — xalqimizning eng ulug‘ va bebaho qadriyati....

AJDODLAR RUHIGA EHTIROM KO‘RSATAYLIK

Alloh taolo insonni bu dunyoning eng aziz va mukarram...

Kutubxona: kitoblar maskanidan imkoniyatlar makonigacha

Bugungi texnik taraqqiyot hayotimizning deyarli barcha jabhalarini o‘zgartirmoqda. Ta’lim...

XALQ BILAN HAMNAFAS MAHALLA

Mahalla — xalq hayoti bilan eng yaqin bog‘langan, odamlarning...
KunTun
KunTun