​ “Zakovat” — bilim va hamjihatlik maydoni

Date:

Harbiy xizmatchilarning intellektual salohiyatini oshirish, tezkor va mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, jamoaviy hamkorlikni mustahkamlash maqsadida harbiy qismda “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.

Qizg‘in va murosasiz kechgan bellashuvda “Qalqon” va “Sarhad” jamoalari mantiqiy fikrlash, bilimdonlik va topqirliklarini namoyon etdilar. Ishtirokchilarga harbiy soha bilan bir qatorda tarix, adabiyot va umumiy dunyoqarashga oid murakkab savollar taqdim etilib, ulardan tezkor va aniq qaror qabul qilish talab etildi.

Ochiq osmon ostida o‘tkazilgan bahs davomida jamoalar har bir savol ustida hamjihatlikda fikr yuritib, o‘zaro jipslik va bilim salohiyatini namoyish etdilar.

“Zakovat” o‘yini harbiy xizmatchilarning nafaqat bilim va dunyoqarashini kengaytirish, balki tezkor fikrlash, vaziyatni tahlil qilish va jamoa bilan birgalikda qaror qabul qilish ko‘nikmalarini mustahkamlashda ham muhim ahamiyat kasb etdi.

Bellashuv yakunida hakamlar hay’ati tomonidan jamoalarning to‘plagan ballari hisoblab chiqilib, faol ishtirokchilar va g‘olib jamoalar munosib taqdirlandi. Bunday intellektual va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar harbiy jamoalarda sog‘lom raqobat, o‘zaro hamjihatlik va yuqori ruhiy muhitni shakllantirishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Millat Shavkati” — tarixiy xotira va milliy o‘zlik haqida

Kitob — millatning tarixiy xotirasi, ma’naviy tajribasi va bugungi...

Obod mahalla sari ezgu tashabbus

Mahalla obodligi, avvalo, shu hududda yashayotgan aholining daxldorligi va...

Muammoga manzilli yondashuv

Mahallalarda aholi uchun munosib turmush sharoitini yaratish, bandlikni ta’minlash...

Yong‘in xavfsizligi — muhim talab

Qurilish jarayonida xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilish inson hayoti...
KunTun
KunTun