Paxta terimiga tayyorgarlik ko‘rildi

Date:

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Angor tumanidagi «Zamin Angor Cluster» MChJda bo‘lib, paxta yig‘im-terimi mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishdi.

Uchrashuvda soha vakillari, mas’ullar hamda otryad rahbarlari ishtirok etib, paxta terimini uyushqoqlik bilan tashkil etish, mavsumga puxta tayyorgarlik ko‘rish va terimchilar uchun zarur sharoitlarni yaratish masalalari muhokama qilindi.

Joriy yilda tumanda 4 450 gektar maydonga paxta ekilgan. Mavsumni tashkil etish uchun 57 ta otryad shakllantirilgan va 10 500 nafardan ortiq terimchini jalb etish rejalashtirilgan.

Paxta yig‘im-terimi davrida 12 ta paxta terish mashinasidan foydalanish ko‘zda tutilgan. Viloyat hokimi texnikalarning shayligini ko‘zdan kechirib, mavsumni sifatli va uyushqoqlik bilan o‘tkazish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Talabalar yengil atletika bahslarida kuch sinashdi

Termiz davlat universiteti sport maydonida oliy ta’lim muassasalari talabalari...

Angorda yer usti yo‘lagi qurilmoqda

Angor tumani Yangi turmush mahallasidan o‘tuvchi Abu Iso at-Termiziy...

“Yashil belbog‘” barpo etilmoqda

Angor tumani Ilg‘or mahallasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida...

Ishlar qanday ketmoqda?

Qumqo‘rg‘on tumanida “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida 11...
KunTun
KunTun