Tezlikni oshirsa, jazosi qatʼiy

Date:

Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, yo‘l-transport hodisalari sonini kamaytirish hamda haydovchilar mas’uliyatini oshirish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biridir. Shu maqsadda qonunchilikni yanada takomillashtirishga qaratilgan yangi tashabbuslar ilgari surilmoqda.

Ayni paytda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida yo‘l harakati xavfsizligi tizimini takomillashtirishga oid qonun loyihasi ko‘rib chiqilmoqda. Unga ko‘ra, belgilangan tezlik me’yoridan 80 km/soatdan ortiq tezlikda harakatlangan haydovchilarni transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilish hamda 26,8 million so‘mgacha jarimaga tortish taklif etilmoqda.

Shuningdek, ayrim qo‘pol qoidabuzarliklar uchun transport vositasini sud qarori asosida 6 oydan 1 yilgacha jarima maydonchasiga joylashtirish, haydovchilik huquqiga ega bo‘lmagan shaxs tomonidan sodir etilgan “yo‘l bezoriligi” uchun transport vositasini musodara qilish yoki vaqtincha olib qo‘yish, voyaga yetmaganlarga transport boshqarishga ruxsat berish oqibatida og‘ir hodisa yuz bersa jinoiy javobgarlik belgilash, shuningdek mast holda transport boshqarish, noqonuniy poygalar va boshqa xavfli qoidabuzarliklar uchun javobgarlikni kuchaytirish nazarda tutilgan.

Eslatma: Mazkur normalar hozircha qonun loyihasi hisoblanadi. Ular faqat loyiha tasdiqlanib, qonun kuchga kirgandan keyingina amalda qo‘llaniladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

JASORAT — SINOVDA TOBLANADI!

Bandixon tumanidagi 3-sonli umumta’lim maktabida Vatan himoyasi, mardlik va...

Qoidani qayta buzgan chegirmadan mahrum boʻladi

Yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlash va yo‘l-transport hodisalarining oldini olishda...

Tezlikni oshirsa, jazosi qatʼiy

Yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlash, yo‘l-transport hodisalari sonini kamaytirish hamda...

Usta-dehqon tajribasi yoshlar bandligiga xizmat qilmoqda

Yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish, tomorqadan samarali foydalanish madaniyatini shakllantirish va...
KunTun
KunTun