Oʻzaro kuch sinashdi

Date:

Yoshlarni sportga keng jalb etish, ularning jismoniy salohiyatini yuksaltirish va sog‘lom turmush tarzini ommalashtirishda “Besh tashabbus olimpiadasi” muhim o‘rin tutadi. Mazkur musobaqalar iqtidorli sportchilarni kashf etish, ular o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishga xizmat qilmoqda.

Termiz shahar sport maktabida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida mahalla yoshlari o‘rtasida yengil atletika bo‘yicha viloyat bosqichi musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Unda Surxondaryoning barcha shahar va tumanlarida g‘olib bo‘lgan o‘g‘il-qizlar 16–21, 22–26 hamda 27–30 yosh toifalarida o‘zaro kuch sinashdi.

Musobaqa davomida o‘g‘il bolalar 100, 200 va 400 metrga yugurish hamda uzunlikka sakrash, qizlar esa 60, 100 va 200 metrga yugurish hamda uzunlikka sakrash yo‘nalishlarida bellashdilar.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, g‘olib va sovrindorlar Sport vazirligining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Talabalar yengil atletika bahslarida kuch sinashdi

Termiz davlat universiteti sport maydonida oliy ta’lim muassasalari talabalari...

Angorda yer usti yo‘lagi qurilmoqda

Angor tumani Yangi turmush mahallasidan o‘tuvchi Abu Iso at-Termiziy...

“Yashil belbog‘” barpo etilmoqda

Angor tumani Ilg‘or mahallasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida...

Ishlar qanday ketmoqda?

Qumqo‘rg‘on tumanida “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida 11...
KunTun
KunTun