Ma’naviy mas’uliyat ham muhim

Date:

Hayvonlarga nisbatan mehr-shafqatli munosabatda bo‘lish insonparvar jamiyatning muhim mezonlaridan biridir. Ularni asrash, qiynoqqa solmaslik va qonun talablariga rioya etish nafaqat huquqiy, balki ma’naviy mas’uliyat ham hisoblanadi.

Joriy yilning 28-iyunidan boshlab hayvonlarga shafqatsiz munosabatda bo‘lgan shaxslarga nisbatan javobgarlikni kuchaytiruvchi qonunchilik normalari kuchga kirdi. Yangi tartibga ko‘ra, bunday huquqbuzarliklar uchun ma’muriy jarimalar ikki baravar oshirildi. Shuningdek, aybdorlarga nisbatan 15 sutkagacha ma’muriy qamoq jazosi ham qo‘llanilishi mumkin.

Mazkur o‘zgartirishlar hayvonlarga nisbatan zo‘ravonlik va shafqatsizlik holatlarining oldini olish, jamiyatda mehr-oqibat va mas’uliyat tuyg‘usini mustahkamlashga xizmat qiladi. Shu bois har bir fuqaro hayvonlarga nisbatan insoniy munosabatda bo‘lishi, qonun talablariga qat’iy amal qilishi va bunday holatlarga befarq bo‘lmasligi muhimdir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Talabalar yengil atletika bahslarida kuch sinashdi

Termiz davlat universiteti sport maydonida oliy ta’lim muassasalari talabalari...

Angorda yer usti yo‘lagi qurilmoqda

Angor tumani Yangi turmush mahallasidan o‘tuvchi Abu Iso at-Termiziy...

“Yashil belbog‘” barpo etilmoqda

Angor tumani Ilg‘or mahallasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida...

Ishlar qanday ketmoqda?

Qumqo‘rg‘on tumanida “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida 11...
KunTun
KunTun