542 million so‘mlik aliment undirildi

Date:

Voyaga yetmagan farzandlarning moddiy ta’minoti va qonuniy huquqlarini himoya qilish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Aliment majburiyatlarining o‘z vaqtida bajarilishi bolalarning munosib hayot kechirishi va ijtimoiy himoyasini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Sherobod tumanlararo sudining ijro hujjati asosida Angor tumanida yashovchi fuqarodan uch nafar voyaga yetmagan farzandi foydasiga aliment undirilishi belgilangan edi. Biroq qarzdorning uzoq yillar davomida to‘lovlarni to‘liq amalga oshirmagani sabab 20 million so‘mdan ortiq qarzdorlik yuzaga kelgan.

Undiruvchining MIB sayyor qabulidagi murojaatidan so‘ng davlat ijrochisi tomonidan ijro ishi qayta o‘rganilib, qarzdorga qonunchilik talablari va alimentni to‘lamaslikning huquqiy oqibatlari tushuntirildi. Natijada qarzdor farzandlari voyaga yetguniga qadar to‘lanishi lozim bo‘lgan 542 million so‘m aliment mablag‘ini bir yo‘la to‘lab berdi.Mazkur holat aliment majburiyatlarini qat’iy ijro etish orqali voyaga yetmaganlarning qonuniy manfaatlarini ta’minlash va ularning huquqlarini ishonchli himoya qilishda majburiy ijro organlari faoliyatining muhim natijasi bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Tadorik boshlandi

Jarqo‘rg‘onda to‘qsonbosti usulida sabzavot yetishtirish bo‘yicha amaliy ishlar boshlandi....

“Qorayog‘och”ga yangi suv tarmog‘i tortilmoqda

Jarqo‘rg‘on tumanining Qorayog‘och mahallasida ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash uchun...

Mahalladagi issiqlik loyihasi deputatlik nazoratida

Termiz shahridagi “Abdulla Avloniy” mahallasida Investitsiya dasturi asosida qozonxona...

Tazyiq endi yopiq eshik ortida qolmaydi

Ish joyidagi tazyiq va zo‘ravonlik bo‘yicha murojaatlarni ko‘rib chiqishning...
KunTun
KunTun