Xalqaro standartlar asosida…

Date:

Atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik xavflarni barvaqt aniqlash va barqaror rivojlanishni ta’minlash bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan biridir. Shu maqsadda O‘zbekistonda ekologik baholash tizimini xalqaro talablarga moslashtirishga qaratilgan yangi mexanizmlar bosqichma-bosqich joriy etilmoqda.

2026-yil 11-maydagi Vazirlar Mahkamasining 234-son qarori bilan davlat ekologik ekspertizasi va atrof-muhitga ta’sirni baholashning zamonaviy tartiblari tasdiqlandi. Yangi tizim ekologik ekspertiza jarayonlarini soddalashtirib, kichik biznes subyektlari uchun ortiqcha ma’muriy yuklamalarni kamaytiradi hamda barcha jarayonlarni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali shaffof amalga oshirish imkonini yaratadi.

Shuningdek, Parij kelishuvi, Bazel, Biologik xilma-xillik va Orxus konvensiyalari talablari asosida xalqaro amaliyotlar joriy etilib, jamoatchilik ishtiroki, strategik ekologik baholash, loyiha tashkilotlari reytingi va mutaxassislarni malaka sertifikatlash tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Mazkur islohotlar ekologik talablarga javob bermaydigan loyihalarning oldini olish, atrof-muhitni ishonchli muhofaza qilish hamda kelajak avlod uchun sog‘lom va xavfsiz ekologik muhitni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Talabalar yengil atletika bahslarida kuch sinashdi

Termiz davlat universiteti sport maydonida oliy ta’lim muassasalari talabalari...

Angorda yer usti yo‘lagi qurilmoqda

Angor tumani Yangi turmush mahallasidan o‘tuvchi Abu Iso at-Termiziy...

“Yashil belbog‘” barpo etilmoqda

Angor tumani Ilg‘or mahallasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida...

Ishlar qanday ketmoqda?

Qumqo‘rg‘on tumanida “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida 11...
KunTun
KunTun