Uch avlod uchrashuvi — ma’naviyat va vatanparvarlik maktabi

Date:

Avlodlar o‘rtasidagi uzviylikni mustahkamlash, yoshlarni Vatanga sadoqat, milliy qadriyatlarga hurmat va yuksak ma’naviyat ruhida tarbiyalash bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir. Shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi arafasida “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” shiori ostida Termiz shahar 2-son kasb-hunar texnikumida “Uch avlod uchrashuvi” ma’naviy-ma’rifiy tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda “Nuroniy” jamg‘armasi vakillari, mahalla nuroniylari, harbiy xizmatchilar, yoshlar hamda faollar ishtirok etdi. Uchrashuv davomida nuroniylar va harbiylar o‘z hayotiy tajribalari bilan o‘rtoqlashib, yoshlarni mardlik, fidoyilik, Vatanga muhabbat va milliy qadriyatlarga sadoqat ruhida yashashga da’vat etdi.

Samimiy muloqotda avlodlar o‘rtasidagi vorislikni mustahkamlash, tarixiy xotira va ma’naviy merosni asrab-avaylashning ahamiyati alohida ta’kidlandi. Bunday uchrashuvlar yoshlar qalbida yurt taqdiri uchun mas’uliyat, vatanparvarlik va milliy o‘zlikni anglash tuyg‘ularini yanada kuchaytirishga xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Talabalar yengil atletika bahslarida kuch sinashdi

Termiz davlat universiteti sport maydonida oliy ta’lim muassasalari talabalari...

Angorda yer usti yo‘lagi qurilmoqda

Angor tumani Yangi turmush mahallasidan o‘tuvchi Abu Iso at-Termiziy...

“Yashil belbog‘” barpo etilmoqda

Angor tumani Ilg‘or mahallasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida...

Ishlar qanday ketmoqda?

Qumqo‘rg‘on tumanida “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida 11...
KunTun
KunTun