Qabristonda qo‘lga tushdi

Date:

Atrof-muhitga, tiriklikka munosabatimiz ekologik madaniyatimiz qay darajada ekanini ko‘rsatib beradi. Muhimi atrofga e’tiborli va jonkuyar bo‘lsak, ona tabiatni asrash yo‘lida o‘zimizning muhim hissamizni qo‘shgan bo‘lardik. Ana shunday jonkuyar fuqaro Surxondaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasining “Ishonch telefon”iga sim qoqdi va Boysun tumanidagi “Avlod” mahallasi hududida joylashgan “Yakarcha” qabristonidan kovrak o‘simligi shirasi olib ketilayotgani haqida xabar berdi.
Viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi hamda Milliy gvardiyaning viloyat bo‘yicha boshqarmasi xodimlari hamkorligida tuzilgan tezkor ishchi guruh shu zahoti voqea joyiga yo‘l oldi. Haqiqatan ham qabristondagi noyob o‘simlikka ruxsatnomasiz zarar yetkazilayotgan ekan. 405 dona kovrak ildizini 3-4 marta kesib, shirasini olgan huquqbuzarga nisbatan ma’muriy ish qo‘zg‘atildi.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bolalar ta’limi uchun yangi imkoniyat

Bolaning ilk ta’lim muhiti uning kelajakdagi rivojida muhim o‘rin...

“Surxon yulduzi” iste’dodlarni kashf etmoqda

Yosh iste’dodlarni izlab topish va ularning ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash...

“Open byudjet”: ikkinchi mavsum boshlandi

Hududlarni obod qilish va mahalliy muammolarni hal etishda fuqarolarning...

Yangi maskan — yangi imkoniyat

Shahar va tumanlarda zamonaviy jamoat maskanlarini yaratish nafaqat infratuzilmani...
KunTun
KunTun