Bo‘lajak huquqshunos jahon chempioni bo‘ldi

Date:

Xushxabarning daragi tez tarqaladi. Nimamush, Termiz davlat universitetining yuridik fakulteti talabasi Jahongir Mamatrahimov 90 kilogramm vazn toifasida jahon chempioni bo‘libdi.

O‘zbek alpi Ekvadorning Guayakil shahrida dzyudo bo‘yicha yoshlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida dunyoning manaman degan sportchilarini mardlar maydonida yengib, o‘z kuchi va mahoratini namoyish etdi. Yurtimiz madhiyasi baralla yangrab, bayrog‘imiz ko‘tarilgan chempionat nafaqat Jahongir uchun, balki uning yaqinlari, o‘zbek xalqi uchun ham unutilmas voqea deyish mumkin.

Bu muvaffaqiyat, g‘alaba Jahongirni ruhlantirishi, o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshirib, kelgusida bundan-da yuqori cho‘qqilarni maqsad qilib, zabt etishi aniq.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun