Faxriy donorlarga mukofot puli oshiriladi

Date:

Baxtsiz hodisaga uchragan bolakayga zudlik bilan qon quyish kerak. Ota-onaning o‘sha paytdagi holatini bir tasavvur qilaylik. Shu onda bemorga mos qonning topilishi bola hayotini asrab qoladi. Bu yerda donorning xizmati katta.

Donorlik — sharafli ish. U o‘zi va o‘zgalar hayoti uchun ham mas’uliyatli qarorni qabul qilgan bo‘ladi. Donorning qon topshirishi nafaqat o‘zgalarga, balki o‘zi uchun ham foydali. Organizmidagi qon chiqib ketar ekan, qon tanachalari yangisini ishlab chiqarishni boshlaydi. Bu umrni uzaytiradi, yashargan organizmdan kasallik chekinadi.

Hayoti davomida doimiy tarzda donorlik qilib, insonlar hayotini asrab qoladigan savobtalab insonlar ham yo‘q emas. Ana shunday faxriy donorlarni qo‘llab-quvvatlash, munosib rag‘batlantirish maqsadida “Respublikada qon bilan ishlash xizmati muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish va aholi orasida beg‘araz donorlik harakatini rivojlantirish choralari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–348-son, 09.08.2022 y.) qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra 2023-yil 1-yanvardan “O‘zbekiston Respublikasi faxriy donori” ko‘krak nishoni uchun mukofot BHMning 5 baravaridan 15 baravarigacha (1,5 milliondan 4,5 million so‘mgacha) oshiriladi. Qolaversa, bunday taqdirlanganlarning qo‘shimcha huquqlari ham yo‘q emas. Ular o‘zlari uchun qulay bo‘lgan vaqtda yillik asosiy mehnat ta’tiliga chiqishlari mumkin. Shahar jamoat transportining barcha turlaridan bepul foydalanish, davlat sanatoriy-kurortlarida davolanish uchun yo‘llanmalarni navbatsiz olish huquqiga ham ega bo‘ladilar.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bezorilik — oddiy mojaro emas

Bezorilik — jamoat tartibiga qarşi qaratilgan, jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini...

Hadislar qa’ridan haqiqat izlab…

Hadis ilmining eng e’tiborli namoyandalaridan biri bölgan Abu Iso...

Taqiqdan amaliy himoyagacha

Mehnat munosabatlarida xavfsizlik faqat texnik talablar va baxtsiz hodisalarning...

Oddiy, ammo muhim tavsiya

Kuz-qiş mavsumida isitiş moslamalaridan foydalaniş ortişi bilan is gazidan...
KunTun
KunTun