Mehr va mehnat uyg‘unlashgan maskan

Date:

Nogironligi bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning mustaqil hayotga tayyorlanishi va jamiyatga muvaffaqiyatli moslashuvi bugungi kunning muhim ijtimoiy vazifalaridan biridir. Bu borada Qumqo‘rg‘on tumanidagi “G‘amxo‘rlik” markazi (Muruvvat uyi)da samarali ishlar amalga oshirilmoqda.

Markazda tarbiyalanuvchilar ta’lim-tarbiya va sog‘lom rivojlanish bilan bir qatorda 10 dan ortiq kasb-hunar yo‘nalishida amaliy ko‘nikmalarni egallamoqda. Mashg‘ulotlar ularning qiziqishi va qobiliyatidan kelib chiqib tashkil etilib, mehnatsevarlik, ijodkorlik va mustaqil hayot ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qilmoqda.

Shuningdek, bolajonlar mehr bilan tayyorlagan mahsulotlar sotuvi ham yo‘lga qo‘yilgan. Bu tashabbus ularning mehnatini qadrlash, o‘ziga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash va jamiyatda munosib o‘rin egallashiga xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Sangardak” — munosib sayyohlik tuhfası

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi arafasida Sariosiyo tumanida turizm salohiyatini...

Bayram tantanasidan unutilmas lahzalargacha…

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Sherobod tumanida bayram...

“Milliy brend”ning yangi manzili — Uzun

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi arafasida hududlarda yangi ishlab...

Istiqlol — muqaddas qadriyat

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Surxondaryo...
KunTun
KunTun