Ilmiy meros yana boyidi

Date:

Ajdodlarimizning boy ilmiy-ma’naviy merosini o‘rganish va keng jamoatchilikka yetkazish borasidagi ishlar izchil davom etmoqda. Bu yo‘nalishda yana bir muhim ilmiy nashr tayyorlandi.

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan buyuk mutafakkir Hakim Termiziyning “Al-Amsol minal kitob vas-sunna” asari ilk bor to‘liq o‘zbek tiliga tarjima qilinib, ilmiy izohlar bilan nashrga tayyorlandi.

Kitobda allomaning hayoti va ilmiy faoliyati, islom ilmlari rivojiga qo‘shgan hissasi, asarlarining o‘rganilish tarixi hamda dunyo qo‘lyozma fondlarida saqlanayotgan nusxalari haqida batafsil ma’lumotlar jamlangan. Mazkur nashr milliy ilm-fan va kitobshunoslik rivoji, shuningdek, xalqimizning bebaho ma’naviy merosini asrab-avaylash va targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bezorilik — oddiy mojaro emas

Bezorilik — jamoat tartibiga qarşi qaratilgan, jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini...

Hadislar qa’ridan haqiqat izlab…

Hadis ilmining eng e’tiborli namoyandalaridan biri bölgan Abu Iso...

Taqiqdan amaliy himoyagacha

Mehnat munosabatlarida xavfsizlik faqat texnik talablar va baxtsiz hodisalarning...

Oddiy, ammo muhim tavsiya

Kuz-qiş mavsumida isitiş moslamalaridan foydalaniş ortişi bilan is gazidan...
KunTun
KunTun