Muhofazasi kuchaytirilmoqda

Date:

Tabiatni asrash va biologik xilma-xillikni saqlab qolish bugungi kunning eng muhim ekologik vazifalaridan biridir. Shu maqsadda O‘zbekistonda noyob yovvoyi hayvonlarni himoya qilishga qaratilgan yangi cheklov joriy etildi.

Hukumat qaroriga ko‘ra, 2026-yil 1-avgustdan 2028-yil 1-yanvargacha kamyob yovvoyi hayvonlarni ovlash taqiqlanadi va bu davrda ular uchun ov kvotalari ajratilmaydi. Taqiq fermer xo‘jaliklari, pitomniklar va baliqchilik xo‘jaliklarida parvarish qilinayotgan hayvonlarga hamda ilmiy maqsadlardagi ovlashga tatbiq etilmaydi.

Shuningdek, 2026-yil 1-avgustdan 2030-yil 1-yanvargacha respublikaning markaziy shaharlaridan oqib o‘tuvchi daryo va soylar har yili kamida 15 tonna chavoq bilan boyitiladi. Ushbu chora-tadbirlar tabiiy ekotizimni tiklash va biologik resurslarni asrashga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bezorilik — oddiy mojaro emas

Bezorilik — jamoat tartibiga qarşi qaratilgan, jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini...

Hadislar qa’ridan haqiqat izlab…

Hadis ilmining eng e’tiborli namoyandalaridan biri bölgan Abu Iso...

Taqiqdan amaliy himoyagacha

Mehnat munosabatlarida xavfsizlik faqat texnik talablar va baxtsiz hodisalarning...

Oddiy, ammo muhim tavsiya

Kuz-qiş mavsumida isitiş moslamalaridan foydalaniş ortişi bilan is gazidan...
KunTun
KunTun