Ekologik tarbiya bolalikdan boshlanadi

Date:

Jarqo‘rg‘on tumanidagi 2-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Suvni asraymiz — kelajakni asraymiz” shiori ostida ekologik seminar tashkil etildi. Tadbir Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining tegishli buyrug‘i hamda yozgi sog‘lomlashtirish bo‘yicha metodik tavsiyalar asosida o‘tkazildi.

Seminar davomida tarbiyalanuvchilarda suv resurslaridan oqilona foydalanish, ekologik madaniyat va gigiyena ko‘nikmalarini shakllantirish, tabiatga mehr va mas’uliyat tuyg‘usini kuchaytirishga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, yozgi sog‘lomlashtirish davrida bolalarning ochiq havodagi faolligini oshirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga doir tavsiyalar berildi.

Amaliy mashg‘ulotlar va qiziqarli faoliyatlar orqali bolalarga suvning bebaho ne’mat ekani, uni asrash esa kelajak avlod oldidagi muhim mas’uliyat ekani sodda va tushunarli usullarda singdirildi. Mazkur tadbir yosh avlodda ekologik tafakkurni shakllantirish va tabiiy boyliklarni asrash madaniyatini rivojlantirishga xizmat qildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Tomorqadan daromad, tikuvchilikdan bandlik

Angor tumanining "Bahor" mahallasida kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini...

Taekvondochilarimiz xalqaro musobaqada sovrindor

Namangan shahrida Taekwondo WT bo‘yicha o‘tkazilayotgan “Uzbekistan Open 2026”...

Ustozlar ichra a’lo

“Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” respublika tanlovida Boysun...

Bolalar xavfsizligi axborot makonidagi mas’uliyatdan boshlanadi

Bugun bolalarni zararli axborotdan himoya qilish faqat ota-onalar yoki...
KunTun
KunTun