A’lochilar oromgohga yo‘l oldi

Date:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-maydagi PF–84-son Farmoni ijrosi doirasida Jarqo‘rg‘on tumanidan ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning 119 nafar a’lochi o‘quvchisi O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi “Amudaryo” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohiga yuborildi.

O‘quvchilarni yozgi dam olish va sog‘lomlashtirish maskaniga kuzatish marosimi ota-onalar hamda mas’ul mutasaddilar ishtirokida tantanali ruhda tashkil etildi.

Mazkur tashabbus ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning mazmunli hordiq chiqarishi, sog‘lig‘ini mustahkamlashi va yangi o‘quv yiliga puxta tayyorgarlik ko‘rishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlarning amaliy ifodasidir. Bu kabi e’tibor yoshlarni bilimli, sog‘lom va barkamol avlod etib tarbiyalash yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun