Bolalarga munosib tuhfa

Date:

Kutilmagan sovg‘adan kattalar ham boladek quvonadi. Endi bolaning quvonchini bir tasavvur qiling. Qiziriq tuman hokimi R.Pardayev ko‘ngillarni shod etib, Ka’bani obod etgandek savob ishlarga bosh qo‘shdi.
Hokim bobo “Bog‘bonlar yurti” mahallasida istiqomat qiluvchi boquvchisini yo‘qotgan, kam ta’minlangan oila farzandlariga velosiped sovg‘a qildi.
Kutilmagan tuhfadan quvongan nigohlarga boqib, beixtiyor ularning sevinchiga sherik bo‘ladi kishi. Bolalarning xursandchiligidan butun olam nurlarga to‘lgandek bo‘ldi aslida. Velosipedlar egalariga tegishi bilan bolajonlar uni boshqarishga tushib ketdilar.
Olam-olam taassurotlar, ko‘ngil uylarini obod etish ishlari mahallalardan-mahallalarga, hududlardan-hududlarga o‘zining ana shunday quvonchli daraklarini berishda davom etsa, ajab emas.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bezorilik — oddiy mojaro emas

Bezorilik — jamoat tartibiga qarşi qaratilgan, jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini...

Hadislar qa’ridan haqiqat izlab…

Hadis ilmining eng e’tiborli namoyandalaridan biri bölgan Abu Iso...

Taqiqdan amaliy himoyagacha

Mehnat munosabatlarida xavfsizlik faqat texnik talablar va baxtsiz hodisalarning...

Oddiy, ammo muhim tavsiya

Kuz-qiş mavsumida isitiş moslamalaridan foydalaniş ortişi bilan is gazidan...
KunTun
KunTun