Ikki karra quvontirdi…

Date:

Ijod yo‘lini tutgan borki, tinchlik, xalovat bilmaydi. Uyg‘oq yurak bilan bitganlari omma e’tiborida bo‘lishini istaydi. Bu zinhor manmanlik emas, bu ijodkorning ko‘ngil ishi.

Sariosiyo tumanidagi 62-umumta’lim maktabi ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchisi Dilnoza Saidova ham ijodkor, qo‘liga qalam tutib, qog‘oz qoralash sevimli mashg‘uloti. Yurakni azoblab, tug‘yonlaridan she’r yaratishni hayotiga mazmun kasb etgan. O‘zbekiston va Qozog‘iston Respublikalarining, ikki qardosh xalqning navbatdagi N2 antologiya kitobi chop etilish arafasida ijodidan namunalar jo‘natdi. Quvonarlisi, “Do‘stlik ko‘prigi” nomi bilan nashrdan chiqadigan kitobda Dilnozaning ijodidan namunalar ham joy oladi.

Sof insoniy tuyg‘ularni kuylovchi samimiy satrlari Dilnoza Saidovani ikki karra quvontirdi. U Qozog‘iston Respublikasining “Mohir qalamkash” nishoni bilan taqdirlandi.
Nashrdan chiqib, ikki xalqning hukmiga havola etiladigan ushbu kitob yurtlar tinchligini, insoniylikni kuylaydi. Xalqlarni, yoshlarni birdamlikka, ahillikka chorlaydi.

Hilola Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Adib merosi qalblarga maʼnaviyat ulashdi

Janubi-G‘arbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Termiz garnizonida joylashgan harbiy...

Harbiylar o‘rtasida kibersport musobaqasiga start berildi

Janubi-G‘arbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Termiz, Kakaydi va Xayrabod...

Og‘ir toifadan namunali hududga…

Muzrabot tumanidagi “Do‘stlik” mahallasida esayotgan o‘zgarishlar epkini hayot sifatini...

“Adolat” islohotlarga kamarbasta

Ezgu g‘oyalar bilan nishonlanayotgan O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining35 yilligi...
KunTun
KunTun