Avtotransport vositalari topshirildi

Date:

Qaysi tashkilot va idora bo‘lmasin, mutaxassislarda yetarlicha shart-sharoit bo‘lmas ekan, natijaga erishish qiyin. Surxon davlat qo‘riqxonasining bugungi kunda faoliyatini samarali tarzda yo‘lga qo‘yish uchun, albatta, avto ulovlar uzoqni yaqin qiladi. Tog‘li hududlarda, cho‘l-u dashtlarda yurish uchun esa chidamli texnika zarurat edi.

Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda noyob o‘simlik va hayvonot dunyosi ob’ektlarini qo‘riqlash, ularni asrash va ko‘paytirish zarur texnika va jihozlar, zamonaviy kuzatuv uskunalari (foto va video qopqonlar, kuzatuv kameralari, binokllar) bilan ta’minlashni talab etadi. Shu maqsadda Davlat ekologiya qo‘mitasida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar hamda hududiy bo‘linmalarga jami 22 dona yo‘ltanlamas Niva avtomobillari tantanali topshirildi.

Mazkur transport vositalari O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Birlashgan Arab Amirliklari Dubay hukumatining mamlakatimizdagi vakolatxonasi hamda “Falcon Hunting Solutions” MCHJ bilan tuzilgan uch tomonlama bitim doirasida xalqaro texnik ko‘mak loyihasi mablag‘lari hisobidan yetkazib berildi.
Ushbu transport vositalari muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda hamda hududiy bo‘linmalarda ekologik nazorat tadbirlari samaradorligini oshirishga, noyob o‘simlik va hayvonot dunyosi obyektlari muhofazasini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.
— Qo‘riqxona asosan tog‘li hududda joylashgani sababli bu kabi avtomashinalar faoliyatimizda juda asqotadi, — deydi “Surxon” davlat qo‘riqxonasi direktori Rustam Turdiyev. — Qolaversa, ushbu xizmat avtomashinasining ajratilishi jamoamiz faoliyatiga munosib bir baho sifatida katta rag‘bat va ishonch ham berdi.

S.Normurodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Nazorat tadbirlari davom etmoqda

Kadastr agentligi yer va kadastr nazorati inspektorlari tomonidan olib...

1,7 milliondan ortiq aholi ichimlik suvi bilan ta’minlanadi

Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “To‘palang suv ombori suvlaridan...

Yangi ish o‘rinlari yaratilmoqda

Hududlarda xizmat ko‘rsatish va ishlab chiqarish sohasini rivojlantirish, yangi...

Majolis un-naf(oyi)s

Demak, hazrat Navoiy davrida ham majlislar bo‘lgan. Shundan ruhlanib,...
KunTun
KunTun