17 yil kutilgan orzu…

Date:

Eng katta orzu va maqsadlarimizdan biri talaba bo‘lish baxti bo‘lsa kerak. Ammo, Yulduz Saidovaning bu orzusi faqat birgina sabab tufayli o‘z vaqtida amalga oshmadi. Uning oilasi Yulduz 5 yoshda bo‘lganida, ya’ni 1994-yilda Tojikiston Respublikasidan Sho‘rchi tumaniga ko‘chib kelgan edi. Yoshi yetib maktabda o‘rta ta’limni oldi. Ammo, fuqarolik pasporti olishga kelganda, o‘sha paytdagi tartib-taomil bunga yo‘l qo‘ymadi.
Shu-shu pasport olish ishtiyoqi Yulduzda kuchayib bordi.

Buni qarangki, Yulduz Saidovaning 17 yillik orzusi amalga oshdi. Fuqarolarning muammosini hal, mushkulini oson qiladigan qabulda IIB boshlig‘i o‘rinbosari Iqboliddin Ketmonov Yulduz Saidova hamda Umrzoq Mamaraimovga fuqarolik pasportini topshirdi.
Ha, kim uchundir, shunchaki fuqarolikni belgilab beradigan oddiy hujjatning qadr-u qiymatini bugun Yulduz yanglig‘ fuqarolar juda yaxshi anglaydi. Fuqarolik pasportini qo‘llariga olgan fuqaro ko‘z yoshlarini, hayajonini tiya olmadi. Mutasaddilarga minnatdorchilik bildirib, ko‘plab imkoniyatlarni beruvchi, huquq va erkinliklarini ta’minlovchi pasportini ko‘ksiga bosdi.
— Fuqarolik pasportim bo‘lmagani uchun saylovlarda boshqalar qatori ishtirok eta olmadim, — Y.Saidova. — Oliygohda tahsil olish niyatim ham o‘z vaqtida amalga oshmadi. Mana, nihoyat niyatim ro‘yobga chiqib, O‘zbekistonning chinakam fuqarosiga aylandim. Fuqarolik maqomiga erishganim, orzularimning ro‘yobi uchun xizmat qiladi.

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Jayhun” milliy san’atimizni tarannum etdi

Milliy san’at va madaniyatimizni xalqaro maydonda keng targ‘ib etish,...

“Ijtimoiy taraqqiyot uchun” maydonga chiqdi

Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Oliy ta’lim, fan va...

Kitob oʻqib, damas yutdi

Kitob mutolaasi insonning dunyoqarashini kengaytirib, tafakkurini boyitadi. Ayniqsa, davlat...

Paxta terimiga tayyorgarlik ko‘rildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Angor tumanidagi «Zamin Angor...
KunTun
KunTun