Uch avlod uchrashdi

Date:

Termiz garnizonida joylashgan harbiy qismlarning birida “Ochiq eshiklar kuni” doirasida o‘quvchi yoshlar ishtirokida “Uch avlod uchrashuvi” hamda “Vatanparvarlik” tadbiri tashkil etildi.

Tadbir davomida yoshlarga Vatanga sadoqat, harbiy xizmatning sharafli burch ekani, shuningdek, yurt tinchligi va xavfsizligini ta’minlashda harbiy xizmatchilarning o‘rni haqida atroflicha tushunchalar berildi. Bugungi globallashuv va turli tahdidlar kuchayib borayotgan davrda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalasi ayniqsa dolzarb ekani alohida ta’kidlandi.

Shuningdek, ishtirokchilar harbiy qism faoliyati, xizmat sharoitlari hamda zamonaviy harbiy texnika va jihozlar bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘lishdi. Ochiq muloqot davomida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, harbiy xizmatga bo‘lgan qiziqishlarini yanada mustahkamlashdi.

Mazkur tadbir yoshlar qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘ularini kuchaytirish, ularni yurt himoyasiga tayyor va fidoyi insonlar etib tarbiyalashga xizmat qilmoqda.

S.Bebetov,

Termiz harbiy prokurori yordamchisi, adliya katta leytenanti

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maktablarimizda 56 nafar xorijiy pedagog faoliyat yuritmoqda

Surxondaryo viloyatidagi umumta’lim maktablariga ilg‘or xorijiy ta’lim tajribalarini joriy...

Qishki tayyorgarlikdan yirik loyihalargacha

Surxondaryo viloyatida aholini sifatli va uzluksiz ichimlik suvi bilan...

Sherobod — anor yetishtirish markazi

Surxondaryo viloyatidagi 9 ming gektar anorzorning 5 ming gektari...

Internetdagi har bir harakat uchun javobgarlik bor

Bugun internet axborot olish, bilim va dunyoqarashni kengaytirish uchun...
KunTun
KunTun