Mahallalar yangi qiyofada

Date:

Termiz tumanida yana beshta mahalla tanlab olinib, ularda infratuzilmani yaxshilash hamda aholi turmush darajasini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov mazkur mahallalarda olib borilayotgan ishlar, jumladan, infratuzilmani yangilash va belgilangan vazifalar ijrosi bilan tanishdi. Mas’ullar tomonidan elektr ta’minoti tarmoqlarini modernizatsiya qilish, ichimlik suvi tizimini kengaytirish, yo‘llarni ta’mirlash, piyodalar yo‘laklarini barpo etish hamda M–41 avtomagistrali bo‘ylab zamonaviy shaharsozlik qiyofasini shakllantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar va rejalar haqida axborot berildi.

O‘rganishlar davomida hududda “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” konsepsiyasi asosida zamonaviy shaharsozlik talablarini joriy etish, kommunal xizmatlar sifatini yanada oshirish hamda beshta mahallani to‘liq qamrab olgan holda aholi uchun zarur bo‘lgan barcha infratuzilma va xizmat turlarini yaratish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ta’limda raqamli imkoniyatlar va zamonaviy metodika

Etcetera Termiz davlat pedagogika institutida “Madaniyatlararo va raqamli ta’lim sharoitida...

Ta’lim sifatini xalqaro standartlarga moslashadi

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida professor-o‘qituvchilar ishtirokida A3ES xalqaro...

Shahrizoda va Sofiya Malayziyaga boradi

iTISU Cambridge International School o‘quvchilari xalqaro miqyosdagi 9th Writing...

Yosh sportchilar bilan motivatsion uchrashuv

Termiz olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markaziga UFC...
KunTun
KunTun