131 nafar ayol ishli bo‘ldi

Date:

Hunar ayol kishining ko‘rki. Mehnati bilan yuzi issiq aslida. Sharq ayollari borki, doimo yaratuvchanlikka intiladi. Mehnat bilan o‘ziga zeb beradi. Setora Berdiyeva ham bolaligidan tikish-bichishga qiziqqani, u-bu kiyim-kechaklarni o‘zi ham tikib ketavergani uchunmi, tikuvchilikni tezda o‘rganib oldi. Mahalla-ko‘yda buyurtma berganning kiyim-kechagini tikib yursa bo‘lardi. Ammo, u ko‘plar bilan yelkama-yelka ishlab, tajribasini oshirishni istadi.

Bugun uning quvonchi cheksiz. U Sho‘rchi tumanida o‘z faoliyatini boshlagan “Maftuna Sho‘rchi dizayn” korxonasida ish boshlab, kiyim-kechaklar, choychab-u yostiqlar tikib, tuman ahlining ehtiyojini qondirishga harakat qilyapti. Bilganlarini o‘rgatib, bilmaganlarini yoshi katta chevar opalaridan o‘rganyapti.

“Maftuna Sho‘rchi dizayn” mas’uliyati cheklangan jamiyatining loyiha qiymati 417 ming dollarni tashkil etadi. Quvvati 350 o‘rinli bo‘lgan korxonada ayni paytda 131 nafar qo‘li gul tikuvchi ish faoliyatini boshlagan.

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Talabalar yengil atletika bahslarida kuch sinashdi

Termiz davlat universiteti sport maydonida oliy ta’lim muassasalari talabalari...

Angorda yer usti yo‘lagi qurilmoqda

Angor tumani Yangi turmush mahallasidan o‘tuvchi Abu Iso at-Termiziy...

“Yashil belbog‘” barpo etilmoqda

Angor tumani Ilg‘or mahallasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida...

Ishlar qanday ketmoqda?

Qumqo‘rg‘on tumanida “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida 11...
KunTun
KunTun