“Buxoro go‘zallari” boysunliklarni maftun etdi

Date:

Buxorocha kuy va raqs tomoshasini ko‘rish kishida estetik ruh bag‘ishlaydi. Ohang ham, ishva ham ko‘ngilga yaqin. Qosh-u ko‘zlarini ohu misol o‘ynatib raqs tushayotgan raqqosalarning xiromiga mahliyo bo‘lish hech gap emas. Boysun tumanidagi markaziy madaniyat binosida “Buxoro san’ati va madaniyati” kunlari doirasida tashkil etilgan konsert dasturida yig‘ilganlar ayni shunday taassurotlarga oshno bo‘lishdi.

“Buxoro go‘zallari” raqs ansamblining bir-biridan go‘zal raqqosalari buxorocha raqsning nechog‘lik go‘zal va nafis san’at ekanini yana bir bor isbotlashdi.

O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Buxoro viloyati bo‘linmasi san’atkorlarining chiqishlari, yakkaxon xonandalarining dilrabo xonishlari ko‘ngillarga manzur bo‘ldi.

Ayniqsa, “Afandi shay” qiziqchilar teatri aktyorlari ishtirokidagi qiziqarli hazil-huzullar, mutoyibaga boy chiqishlar boysunliklarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Afandining ichak uzdi sarguzashlarini yana bir bor eslashib, ajoyib improvizatsiyalarning guvohi bo‘lishdi.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

ISLOHOTLAR KUCHINI BIRLASHTIRGAN HAMKORLIK

Bugun Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida davlat boshqaruvining samaradorligini oshirish,...

Sotsiologiya — zamonaviy jamiyatni anglash kaliti

Bugungi kunda jamiyat misli ko‘rilmagan tezlikda o‘zgarib bormoqda. Raqamli...

Sport festivali g‘oliblari aniqlandi

Surxondaryo viloyati maktabgacha va maktab ta’limi tizimi xodimlari o‘rtasida...

Imkoniyat emas, iroda g‘alaba qozondi

Nogironligi bo‘lgan yoshlar o‘zlarining qat’iyati, matonati va tinimsiz mehnati...
KunTun
KunTun