Mashg‘ulotlar ko‘lami kengaydi

Date:

Aholining xavfsizligini ta’minlash va favqulodda holatlarga tayyorgarlik darajasini oshirish maqsadida mamlakat bo‘ylab davom etayotgan “Yong‘in xavfsizligi oyligi” doirasida Termiz shahrida amaliy-taktik mashq tashkil etildi. Tadbirga Surxondaryo viloyati hokimi – fuqaro muhofazasi boshligi Ulug‘bek Qosimov rahbarlik qildi.

“Farovon servis” boshqaruv kompaniyasi tasarrufidagi ko‘p qavatli uylarda o‘tkazilgan mashqda shartli yong‘inni bartaraf etish, aholini xavfsiz tarzda evakuatsiya qilish, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish hamda kuch tuzilmalari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni sinovdan o‘tkazish bo‘yicha amaliy harakatlar bajarildi. Ushbu mashq favqulodda vaziyatlarda tezkor va aniq harakatlar algoritmini mustahkamlashga xizmat qildi.

Tadbir yakunida viloyat hokimi tomonidan yong‘in xavfsizligini kuchaytirish bo‘yicha yangi vazifalar belgilandi. Jumladan, Termiz shahri hamda Termiz va Denov tumanlaridagi ko‘p qavatli uylarda yuqori qavatlardagi yong‘inlarni o‘chirishga mo‘ljallangan zamonaviy kran-o‘chirish texnikalaridan 3 tasi xarid qilish topshirildi. Shuningdek, barcha turar joylar, ijtimoiy soha obyektlari va boshqa infratuzilmalarda yong‘inga qarshi suv ta’minoti tarmoqlarini to‘liq shay holatda ushlab turish bo‘yicha qat’iy ko‘rsatmalar berildi. Ushbu chora-tadbirlar hududlarda yong‘in xavfsizligini yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

G‘oyadan ixtiroga qadar

Bolalarning texnologiyaga qiziqishini erta yoshdan rivojlantirish, ularni zamonaviy kasblarga...

Termiz jamoasi uch karra sovrindor

Qozon (Volga bo‘yi) federal universitetida xirurgiya yo‘nalishida tashkil etilgan...

Ramazondan kumush natija

Qozog‘istonning Aktau shahrida o‘tkazilayotgan “Aktau Asian Open 2026” xalqaro...

Yosh polvonlar chempionatda porladi

Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida kurash bo‘yicha U-20 yoshlar o‘rtasidagi...
KunTun
KunTun