Topshiriqlar belgilandi

Date:

Termiz tumanida yirik investitsion loyihalar va infratuzilma vazifalari ijrosi bosqichma-bosqich o‘rganilmoqda. Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimovga Surxon daryosi bo‘yida, M-41 avtomagistraliga tutash hududda barpo etiladigan “Obi hayot park” majmuasining takomillashtirilgan yakuniy loyihasi taqdim etildi. Tadbirda 26 gektar maydonni auksion savdolariga chiqarish, qurilish jarayonlarida ekologik va shaharsozlik talablariga qat’iy rioya etishni ta’minlash vazifalari belgilandi.

Shundan so‘ng, hokim “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” konsepsiyasi asosida Qahramon mahallasida amalga oshirilayotgan infratuzilma ishlarini o‘rgandi. Mahallaning bosh rejasiga muvofiq ishlab chiqilgan kommunikatsiya, tadbirkorlik va ijtimoiy yo‘nalishdagi loyihalar ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv yakunida tuman rahbariyatiga infratuzilmani tezkor va sifatli yakunlash, tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash hamda aholining turmush sharoitini yaxshilash bo‘yicha aniq vazifalar topshirildi. Bu chora-tadbirlar tuman hududining zamonaviy qiyofasini shakllantirish va iqtisodiy faolligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ijtimoiy yordamlar shaffof va manzilli

Vazirlar Mahkamasining 25-fevraldagi 78-son qaroriga muvofiq “Yoshlar daftari” jamg‘armasi...

Ustamasi bor

Prezident farmoni bilan 2026—2028-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va...

YHQ jarimasi ustidan shikoyat

Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar bugun asosan avtomatik...

Tajribasi g‘alabaga eltadi

Sport vaziri Adkham Ikramovning navbatdagi tashrif manzili Termiz shahridagi...
KunTun
KunTun