Yoshlar organizmining rivojlanishi murakkab biologik jarayon bo‘lib, tashqi muhit omillari, genetik xususiyatlar, ovqatlanish, uyqu, psixologik holat va mashg‘ulot yuklamalari bilan chambarchas bog‘liq. Sport mashg‘ulotlarini to‘g‘ri rejalashtirish uchun yosh davrlaridagi o‘ziga xos fiziologik o‘zgarishlarni chuqur bilish zarur. Bu sportchining salomatligini saqlash, jarohatlanishning oldini olish va yuqori natijalarga erishishda muhim omildir.
Sport mashg‘ulotlarining noto‘g‘ri rejalashtirilishi yosh sportchilarda ortiqcha yuklama, jarohatlar va fiziologik disbalanslarga olib kelishi mumkin. Shuning uchun rivojlanish bosqichlarini hisobga olgan holda mashg‘ulot jarayonini to‘g‘ri tashkil etish muhimdir. Yosh sportchilar fiziologiyasi — sport fanining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, u bolaning anatomik, fiziologik, psixologik va biokimyoviy rivojlanishini sport faoliyati bilan bog‘liq holda o‘rganadi. Bolalar va o‘smirlar organizmi hali to‘liq shakllanmaganligi sababli, sport yuklamalarini to‘g‘ri belgilash, ularning sog‘lig‘i, jismoniy ko‘rsatkichlari va kelgusidagi sport natijalariga katta ta’sir ko‘rsatadi. Yosh sportchilar fiziologiyasini chuqur o‘rganish ularning salomatligi, sport natijalari va uzoq muddatli rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Har bir yosh davri o‘ziga xos bo‘lgani sababli mashg‘ulot yuklamalari shunga mos ravishda rejalashtirilishi zarur. To‘g‘ri tashkil etilgan mashg‘ulotlar sog‘lom tarbiya, jismoniy rivojlanish va yuqori sport natijalarining kafolatidir.
Gulshan Hakimova,
Termiz davlat universiteti o‘qituvchisi

