615 nafar mahkum afv etildi

Date:

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan insonparvarlik tamoyillariga asoslangan muhim hujjat — afv to‘g‘risidagi Farmon imzolandi. Ushbu Farmon jinoyati uchun chin dildan pushaymon bo‘lgan va to‘g‘ri yo‘lga qaytish istagini ko‘rsatgan 615 nafar shaxsga yangi imkoniyat eshiklarini ochib berdi.

Afv doirasida 220 nafar shaxs asosiy jazodan to‘liq ozod qilindi. 123 nafari jazoni o‘tashdan muddatidan oldin shartli ravishda ozod etildi. 97 kishining ozodlikdan mahrum qilish jazosi yengilroq jazo bilan almashtirildi. 175 nafar mahkumning jazo muddati qisqartirildi.

Mazkur qaror yurtimizda inson qadrini ulug‘lash, jamiyatga qayta moslashuv uchun sharoit yaratish, mehr-shafqat va kechirimlilik tamoyillarini mustahkamlash borasida olib borilayotgan siyosatning amaliy ifodasidir. Afv qilingan shaxslarning yangi hayot boshlashi, jamiyatga qo‘shilishi va o‘z o‘rnini topishida mazkur Farmon muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

GRACE dasturi joriy etiladi

Jarqo‘rg‘on tumanida “Korrupsiyadan xoli hudud” dasturi ijrosi doirasida keng...

Ma’naviyat va hamjihatlik targ‘ib etildi

Adib Sobir Termiziy nomidagi kutubxona markazida Respublika Ma’naviyat va...

Shaftoli

— Bolam, chida, homiladorlik dard emas, — ona go‘shakka...

“Sun’iy intellekt” platformasi joriy etiladi

Prezident yig‘ilishda bank kreditlaridan samarali foydalanilmayotganini tanqid qilib, agar...
KunTun
KunTun