“Taroqli”da…

Date:

Biz e’tibor bermaydigan sohalarda ham tadbirkorlik qilib, yaxshigina daromad ko‘rish mumkin. Katta mablag‘ tikib, birdaniga katta pul topaman degan fikr har doim ham o‘zini oqlamaydi. Ba’zan biz e’tibor bermaydigan, mahsulot qadoqlari, yorliqlar, qog‘oz-u paketlar ishlab chiqarish ham o‘lmaydigan soha.

Sherobod tumanidagi “Taroqli” mahalla hududida joylashgan “Mushtar Star Invest” MChJda politelien qoplar, turli qog‘ozlar ishlab chiqarilayotir. Asosiysi, ana shu yumushlar bilan 60 nafar yosh ish bilan band. Bu ana shuncha xonadonning ayni shu faoliyat ortidan foyda ko‘rayotganidan, ro‘zg‘orining kam-ko‘stini qoplayotganidan dalolat beradi.

MChJ zavodida OAV vakillari ishtirokida navbatdagi media-tur tashkil etildi. Ish jarayoni qizg‘in, ishchilar maxsus uskunalar bilan tillashayotgandek, har bir soniyani-da qadriga yetib, hamjihatlikda ishlashayotir. Polietilen qoplarning tayyor bo‘lguniga qadar har bir bosqich mehmonlar e’tiborini tortmay qo‘ymadi. O‘zlari jarayonlarda bevosita ishtirok etib ko‘rganlar ham bo‘ldi.
Media-tur davomida yig‘ilganlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, bir olam taassurotlar bilan qaytishdi.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bolajonlar “Kitobxon kids”da bellashdi

Kitobxonlik yosh tanlamaydi — u barcha uchun birdek foydali...

“TalabaExpo–2026” — kasb tanlashda muhim maydon

Yoshlarni to‘g‘ri kasb tanlashga yo‘naltirish, ularning kelajak rejalari va...

Qamrovi oshmoqda

Maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish, bolalarni erta yoshdan sifatli ta’lim...

Kikbokschilarimiz muvaffaqiyat qozondi

Yoshlarni sportga keng jalb etish, ularning jismoniy tayyorgarligi va...
KunTun
KunTun