Seminarda “Vijdon saratoni” namoyish etildi

Date:

Korrupsiya mamlakat ildizini yemiruvchi, fuqarolarda davlat siyosatiga nisbatan passiv munosabatni shakllantirguvchi illatdir. Korrupsiya holatlari mavjud bo‘lgan davlatda o‘sish, rivojlanish bo‘lmasligi turgan gap. Boshqacha qilib aytgandi, korrupsiya mamlakatni taraqqiyotdan to‘sib turuvchi devor misoli. Shu sababdan hanuzgacha uning iskanjasidan butkul ozod bo‘lish asosiy masala bo‘lib qolmoqda.

Yurtimizda korrupsiya hamda mahalliychilikning oldini olish va unga qarshi kurashish borasida bir qancha ishlar bajarilib kelinayotir. Denov tumanidagi Pedagogika va tadbirkorlik instituti va Termiz shahrining “Imom Termiziy” ilmiy-tadqiqot markazida mahallalarda faoliyat yuritayotgan hokim yordamchilari uchun “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashishning ustuvor yo‘nalishlari, davlat xizmatchilarida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni va unga qarshi kurashish bo‘yicha ijobiy xulqni shakllantirish” mavzusida seminar o‘tkazilgani buning yaqqol misolidir. Seminarda shahar va tumanlar mahallalarida ishlayotgan hokim yordamchilari va boshqa vakillar ishtirok etdi.
Seminar davomida mamlakatimizning korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati, bu boradagi qonunchilik va olib borilayotgan keng ko‘lamli tizimli ishlar haqida ma’lumot berib o‘tildi. Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish ishlariga ham to‘xtalib o‘tildi.
Korrupsion holatlarga aralashish inson ongini, vujudini zaharlaydi, uni gunoh ishlarga yetaklaydi. Bejizga Dante o‘z asarida korrupsiyaga har qanaqasiga aloqasi bo‘lgan shaxslarni do‘zaxning eng tubiga tashlamagan. Muqaddas kitobimiz Qurʼoni karimda ham poraxoʻrlik bevosita taqiqlanadi: “Bir-birlaringizning mollaringizni botil yoʻl bilan yemang. Bilib turib odamlarning mollaridan bir qismini yeyishingiz uchun uni hokimlarga gunohkorona tashlamang” (Baqara surasi, 188).
Seminar yakunida korrupsiyaga qarshi kurashga bag‘ishlangan “Vijdon saratoni” nomli hujjatli film namoyish etildi.

Dildora Otaqulova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi bojxona tartibi joriy etildi

Yangi qarorga muvofiq, endi xalqaro pochta va kurerlik jo‘natmalari...

Yetakchilarimiz ildam

Bo‘stonliqdagi Yoshlar oromgohida yoshlar yetakchilarining faolligini oshirish va ilg‘or...

“Bir Vatan, bir el, bir bayroq!”

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi, milliy qadriyatlar va vatanparvarlik g‘oyalarini keng...

Eron delegatsiyasi xalqaro savdo markazida

Surxondaryoga tashrif buyurgan Eron Islom Respublikasi Fors viloyati hokimi...
KunTun
KunTun