“Yakka terak”da to‘y bo‘ldi

Date:

iziriq tumanining “Yakka terak” mahallasi guzarida erta tongdan nog‘ora sadolari eshitildi. Sehrli ohangning ovozini eshitgan borki, o‘sha tomonga shoshildi. Naxshi niyat ila yozilgan dasturxonga rizqi qo‘shilgan borki, bir piyola choy ustida suhbat qurdi. Mahallaning yoshi ulug‘ bobolari qo‘llarini duoga ochdilar-da, uzundan-uzoq duo o‘qidilar. Kecha sababchilariga atab yaxshi fikrlar bildirishdi.

Mahalla ahli ahil va inoq. Birdamlikda yashaganlar esa hech ham birovdan kam bo‘lmaydi. Mahalla faollari 7 nafar “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalarni ham birovdan kam ko’rishmaydi. Doimo qo’llab-quvvatlab to’y-u marakalarida birga bo’lishadi. Bu safar esa ularning farzandlari uchun sunnat to‘yi qilib berish uchun harakatlarni boshlab yubordilar. Ana shu harakatning ovozasi esa bugun yetti mahallani bir yerga to‘pladi.

Bobolarning aytganlariga quloq solsangiz, azaldan sunnat to‘ylari kurashsiz o‘tmagan. Xalq tomosha qilib zavqlangan bo‘lsa, polvonlarning kuch sinashgani, mardi maydon bo‘lgani ularning nomini dong‘i ketishiga sabab bo‘lgan. Ushbu sunnat to‘yi ham kurashsiz o‘tmadi. Maydonga chiqqan polvon borki, or uchun kurashdi. Polvonlar qarsaklar, qo‘llovlar og‘ushida kurashdi. G‘oliblar sovrinli bo‘lishdi.

Milliy qadriyatlar, urf-odat-u taomillarga amal qilingan to‘y ajoyib va unutilmas bo‘ldi. Mahallla raisi I.Fayziyev to‘y bolalarni tabriklab, ularga velosiped va boshqa qimmatbaho sovg‘alar topshirdi.
Albatta, kuy-qo‘shiqlar to‘yga yanada tarovat kirgizdi. Ezgu niyatlar ila yig‘ilganlar to‘y bolalar bilan raqsga tushib, yayradilar.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bandlik va tadbirkorlikka keng yo‘l

Boysun tumanida yoshlar bandligini ta’minlash va ularni tadbirkorlikka jalb...

Muammoga loyihasi yechim

Yoshlar ishlari agentligi, Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi...

Qalblarda ezgu tilak

Qumqo‘rg‘on tumanida Navro‘z umumxalq bayrami shukuhi hukm surmoqda. Bayram...

Iftorlik dasturxoni yozildi

Qumqo‘rg‘on tumanida muborak Ramazon oyi munosabati bilan xayrli va...
KunTun
KunTun