Taassurot hayratlanarli

Date:

Termiz davlat pedagogika instituti o‘qituvchilari tashabbusi bilan talabalar “Qo‘g‘irchoq” teatrida sahnalashtirilgan “Firibgar” nomli spektaklni tomosha qilishdi. Mazkur tashrif nafaqat talabalar uchun maroqli dam olish, balki ularning badiiy tafakkuri, estetik didi va sahna san’atiga bo‘lgan qiziqishini oshirish uchun ham muhim ahamiyat kasb etdi.

Tomosha davomida talabalar jonli ijro, ifoda madaniyati va nutq go‘zalligini yaqindan his etish imkoniga ega bo‘lishdi. Bunday madaniy tashabbuslar yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy saviyasini yuksaltirish, ularni milliy va jahon san’ati namunalari bilan tanishtirish, shuningdek, sahna madaniyati va jamoada ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishda beqiyos o‘rin tutadi. Shubhasiz, san’at olamiga qilingan har bir qadam – yosh avlodning dunyoqarashi va ijodiy fikrlashini boyitadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maktablarimizda 56 nafar xorijiy pedagog faoliyat yuritmoqda

Surxondaryo viloyatidagi umumta’lim maktablariga ilg‘or xorijiy ta’lim tajribalarini joriy...

Qishki tayyorgarlikdan yirik loyihalargacha

Surxondaryo viloyatida aholini sifatli va uzluksiz ichimlik suvi bilan...

Sherobod — anor yetishtirish markazi

Surxondaryo viloyatidagi 9 ming gektar anorzorning 5 ming gektari...

Internetdagi har bir harakat uchun javobgarlik bor

Bugun internet axborot olish, bilim va dunyoqarashni kengaytirish uchun...
KunTun
KunTun