“Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni egalariga topshirildi

Date:

Hayotini sevgan kasbiga bahshida etib, ko‘z nuri, bilim-salohiyatini sarf etgan mehnat faxriylari qalbida bugun quvonch va hayajon. Aslida kasbga qo‘yilgan e’tiqod ham mukofotga munosib harakat. Shu sababdan ham Surxondaryo viloyati hokimligida 41 nafar keksa avlod vakillariga Prezidentimiz tomonidan ta’sis etilgan “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni tantanali ravishda topshirildi.

Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi, Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vaziri Tursunxan Xudaybergenov hamda Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov ishtirok etdi va I, II, III darajali “Mehnat faxriysi” nishonlari va pul mukofotlarini o‘z egalariga topshirdi.

Yillar tizginsiz o‘taveradi. Insonlarga qilingan yaxshilik va xolis xizmat hech qachon yerda qolmaydi. Aslida insonning xursand bo‘lishi, jamiyatdan rozi bo‘lishi uchun ko‘p narsa kerak emas. Ko‘ksida nishon yaltirab turgan insonlar qalbida ana shu his mavj urayotgani aniq. Ular munosib bahodan, bildirilgan hurmat va ehtiromdan mamnun. Xizmati-yu, mashaqqatli mehnatidan rozi.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sho‘rchining “o‘sish nuqta”lari o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 6-dekabrdagi PF–243 Farmoniga muvofiq, Sho‘rchi...

Cheklovlarga yo‘l qo‘yilmaydi

O‘zbekistonda elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’molchilarini tarmoqlardan ajratish...

“Burch, jasorat va matonat”

9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Sariosiyo...

“Boysun bahori”: milliy merosga boy sayohat

Erta tongdan Boysun tumanida “Boysun bahori” xalqaro folklor festivali...
KunTun
KunTun