“Bilimlar, imkoniyatlar, kuchlar sinaldi”

Date:

Yoshlar festivali yoshlarning mazmunli xordiq chiqarishlariga, sevimli mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanishga imkoniyat yaratdi. Bilimlar, imkoniyatlar, kuchlar sinaldi. Shaharlarda, tumanlarda, qishlog‘-u ovullarda bayram shukuhi. Festival bahona kemtik ko‘ngillar, imkoniyati cheklangan yoshlar uchun ham sport musobaqalari, ko‘rik-tanlovlar va bayram tadbirlari tashkil etildi.

Shaxmat va shashkada aqllar charhlangan, bor imkoniyatlar ishga solingan bo‘lsa, iste’dodli yoshlar san’at yo‘nalishida qo‘shiqlar kuylashdi. Sehrli ovoz sohib va sohibalari tomoshabinlar mehr va muhabbatini qozondi.
Mushoirada esa navbat zanjirini uzmagan o‘g‘il-qizlar birma-bir she’rlar o‘qishdi. Aytishuv qiziqarli va hayajonga boy o‘tdi. Bir so‘z bilan aytganda yoshlar yayrashdi.

Yakunda esa faollar, g‘oliblar munosib taqdirlandi. Imkoniyati cheklangan yoshlar ko‘nglidagi his-hayajon, bayramona kayfiyatni ularning yuz-ko‘zlaridan sezish qiyinmas edi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bezorilik — oddiy mojaro emas

Bezorilik — jamoat tartibiga qarşi qaratilgan, jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini...

Hadislar qa’ridan haqiqat izlab…

Hadis ilmining eng e’tiborli namoyandalaridan biri bölgan Abu Iso...

Taqiqdan amaliy himoyagacha

Mehnat munosabatlarida xavfsizlik faqat texnik talablar va baxtsiz hodisalarning...

Oddiy, ammo muhim tavsiya

Kuz-qiş mavsumida isitiş moslamalaridan foydalaniş ortişi bilan is gazidan...
KunTun
KunTun