Ko‘changizdan o‘tgim kelar…

Date:

Loy, balchiq, o‘nqir-cho‘nqir ko‘chalardan mashina tugul piyoda ham yurganimizda asab torlarimiz bir titrab ketadi. Zarurat bo‘lmasaku shundayin ko‘chalardan yurmasam deysiz. Ta’mirlangan, barcha shart-sharoitlarga ega, ravon yo‘llardan yurganda esa kishining dili tugul ta’ni ham yayrab, yo‘lsozlarning otasiga rahbat ham aytib o‘tishni kanda qilmaydi.

Yo‘l sozlashning savobi kattaligini yaxshi anglaganlar esa yo‘lovchiga noqulaylik tug‘dirmaslik, aholiga munosib sharoit yaratish maqsadida avvalo ko‘cha va yo‘llarni ravon etishga oshiqadi. Sharg‘unliklar ham bu borada ildam.

Yurtimiz chiroyiga chiroy qo‘shish maqsadida obodonlashtirish, xususan, yo‘llarda asfalt yotqizish, ko‘chalarni ta’mirlash kabi ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Sariosiyo tumanidagi Sharg‘un shahar “Shaxtiyorlar” va “Ma’rifat” ko‘chasining me’moriy qiyofasini zamonaviylashtirish va obodonlashtirish maqsadida qiymati 3 717 844 840 so‘mga teng bo‘lgan mablag‘ yo‘naltirilgan bo‘lib, ushbu amaliy ishlar “Bunyodkor Fidokor quruvchi servis” MCH tomonidan amalga oshirilmoqda. Ishchi xodimlar tomonidan rejaga ko‘ra yo‘l qurilish ishlari amalga oshirilayotgan bo‘lib, hozirgi vaqtda  400 metr velo yo‘lak, 700 metr beton latok hamda 600 metr yer betonlash ishlari olib borilmoqda.

E’zoza

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bezorilik — oddiy mojaro emas

Bezorilik — jamoat tartibiga qarşi qaratilgan, jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini...

Hadislar qa’ridan haqiqat izlab…

Hadis ilmining eng e’tiborli namoyandalaridan biri bölgan Abu Iso...

Taqiqdan amaliy himoyagacha

Mehnat munosabatlarida xavfsizlik faqat texnik talablar va baxtsiz hodisalarning...

Oddiy, ammo muhim tavsiya

Kuz-qiş mavsumida isitiş moslamalaridan foydalaniş ortişi bilan is gazidan...
KunTun
KunTun