“Sendvich bog‘cha” 90 nafar jajjilarga quvonchli maskan bo‘ldi

Date:

Bolajonlarning ilk saboq oladigan joyi — bu shubhasiz maktabgacha ta’lim maskanlari bo‘lsa kerak. Endigina tili chiqib, atak-chechak yura boshlagan mittivoylarga yozishni, sanashni, harflarni o‘rgatishda ushbu maskanlarning ahamiyati katta. Bir so‘z bilan aytganda, bolajonlarning maktabgacha ta’limda oladigan sabog‘i ularning kelajagiga bevosita poydevor bo‘ladi.

Ammo vohamizda maktagacha ta’lim qamrovi yuz foizga yetmagan bo‘lsa-da mutasaddilar harakati shunga qaratilgan. Chunki har bir bola, qayerda va qanday sharoitda yashashidan qat’iy nazar bog‘chada ilk bilim ko‘nikmalarini olib, zamonaviy sharoitda ta’lim-tarbiya olishi kerak.

Sariosiyoning tog‘li hududlarida ham birin-ketin bog‘chalar qad rostlayaptiki, toki tog‘liklar ham tengdoshlaridan qolishmayin bog‘chaga borishsin.

Navbatdagi bolajonlarning sevimli maskani tumandagi tog‘li “Xufar” mahallasida foydalanishga topshirildi. Bu esa hudud aholisi uchun quvonchli bo‘ldi. 90 o‘ringa mo‘ljallangan 33-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti ochilish marosimida tuman hokimi Abdisalom Xujaqulov, sektor rahbarlari, mutasaddi tashkilot rahbarlari, nuroniylar, ota-onalar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

“Ushbu maktabgacha ta’lim binosida tarbiya olayotgan farzandlarimiz kelajakda tumanimiz, viloyatimiz, qolaversa, respublikamizning eng oldi kadrlari bo‘lib, shu yurt ravnaqi uchun xizmat qiladigan insonlar bo‘lishadi degan umiddamiz” — deydi tuman hokimi A.Xo‘jaqulov ochilish marosimidagi nutqida.

Sendvich panel asosida qurilgan bino uchun byudjet hisobidan 1 mlrd 270 mln so‘m ajratilib, pudratchi “Surxon Sendvich panel” MchJ tomonidan zamonaviy maktabgacha ta’lim tashkiloti qad rostladi. Xufar mahallasida 3-7 yoshdagi bolalar soni 468 nafarni tashkil etib, shundan 90 nafari ushbu maktabgacha ta’lim tashkilotiga qamrab olinadi hamda mahalladagi 18 nafar xotin-qizlarni doimiy ish bilan ta’minladi.

Haqgo‘y

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

TARBIYADA ALLOMALAR MEROSI MUHIM

Bugungi globallashuv jarayonida yoshlarni ma’naviy va axloqiy tarbiyalash jamiyatning...

Korrupsiya — taraqqiyotga tahdid soluvchi illat

Ma’lumki, joriy yil boshida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev...

Sud tizimini raqamlashtirish: “Raqamli sud” konsepsiyasi

2025-yilda “Raqamli sud” konsepsiyasi joriy etildi. Ushbu konsepsiya sud...

Madaniy meros — millat yuragining ovozi

Madaniy merosni asrash — bu jamiyatning madaniy, tarixiy va...
KunTun
KunTun