Ezgulik saboqlari

Date:

Jarqo‘rg‘on tumanidagi 21-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bolajonlar uchun unutilmas san’at darsi bo‘lib o‘tdi! Tarbiyachilar tomonidan o‘zbek xalq ertagi — “Zumrad va Qimmat” jonli sahna ko‘rinishida namoyish etilib, kichkintoylar mehr-oqibat, halollik va mehnatsevarlik kabi umuminsoniy qadriyatlarni o‘ziga xos tarzda his qilishdi.

Har bir sahna — saboq, har bir obraz — ibrat!Kichik aktyorlar o‘z rollarini jonbozlik bilan ijro etib, tomoshabinlarga chinakam bayramona kayfiyat ulashishdi. Tadbir davomida quvonchli onlar muhrlanib, ota-onalar va pedagoglar tomonidan iliq fikrlar bildirildi.

Bu kabi ma’naviy-ma’rifiy loyihalar farzandlarimizni ertaklar orqali ezgulikka oshno etadi, ularning tafakkuri va estetik didini shakllantiradi. Ayniqsa, milliy ertaklar orqali berilgan tarbiya bolalarning yuragiga chuqur o‘rnashadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Mehnatga munosib ehtirom

Jamiyat taraqqiyoti yo‘lida fidokorona xizmat qilgan insonlarni e’zozlash —...

Har bir topilma — tarixga qo‘shilgan yangi sahifa

Ba’zi tarixiy maskanlar o‘tmish haqida hikoya qilmaydi — ular...

Xalqaro hamkorlik ko‘lami belgilandi

Bugungi kunda universitetlar nufuzi nafaqat ichki salohiyat, balki xalqaro...

Oila qayta tiklandi

Ba’zan eng muhim natija sud qarorlari yoki ijro hujjatlari...
KunTun
KunTun