Qoʻgʻirchoq teatrida zamonaviy sharoitlar yaratiladi

Date:

Mamlakatimizda teatr san’atini rivojlantirish, teatrlar faoliyatini takomillashtirish va ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha eʼtiborga molik ishlar amalga oshirilmoqda. Surxondaryo viloyatida ham teatrlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotir. Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Qo‘g‘irchoq teatriga tashrif buyurib, muassasaning faoliyati hamda uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga qaratilgan taqdimotlar bilan tanishdi.

Tashrif doirasida mas’ullarga teatr binosini ta’mirlash bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, moddiy-texnika ta’minotini yaxshilash, jamoaning gastrol safarlarini tashkil etish va repertuarni boyitishda zarur ko‘mak berish vazifalari yuklatildi.

Shuningdek, shu yerning o‘zida “Termiz” hayvonot bog‘i faoliyatini takomillashtirish, turlarni kengaytirish hamda avval bo‘lmagan hayvonlarni olib kelib moslashtirish masalalari ham ko‘rib chiqilib, amaliy chora-tadbirlar belgilab olindi.

Oldingi sahifaTomorqa daromad manbayi
Keyingi sahifaONA VA OʻGʻIL

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Birinchi xato uchun ogohlantiriladi

2027-yil 1-yanvardan boshlab tadbirkorlarga nisbatan «Birinchi xato uchun ogohlantirish»...

Mustaqillikning 35 yilligiga bag‘ishlangan oltin va kumush tangalar savdoga chiqarildi

Markaziy bank O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan...

5 mingdan ortiq maktab yangi baholash tizimiga o‘tadi

2026–2027-o‘quv yilidan boshlab O‘zbekistondagi yana 1 568 ta umumiy...

“BOSHRABOT”DA YANGI KUTUBXONA OCHILDI

Мustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan Boysun tumanidagi Boshrabot mahalla...
KunTun
KunTun