Tozalik — hammamizning burchimiz

Date:

Tabiat faqatgina go‘zalligi bilan emas, balki unga bo‘lgan munosabatimiz bilan ham qadrlanadi. Shu maqsadda Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti talabalari va professor-o‘qituvchilari O‘zbekiston ekologik partiyasi Surxondaryo viloyati tashkiloti bilan hamkorlikda “Amudaryo dam olish maskani”da Ploging aksiyasini o‘tkazdilar.

Bu tashabbus sport va ekologiyani uyg‘unlashtirgan holda, nafaqat tanani chiniqtirish, balki atrof-muhitni asrashga qaratilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi. Talabalar yugurish jarayonida chiqindilarni yig‘ib, maskanni tozalashga o‘z hissasini qo‘shdilar.

Tadbir yakunida esa eng faol ishtirokchilar — ko‘proq chiqindi to‘plagan talabalar O‘zbekiston ekologik partiyasi tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Bu rag‘bat boshqalarga ham ibrat bo‘ldi. Bunday aksiyalar nafaqat bir hududni tozalaydi, balki yoshlarda ekologik madaniyat va shaxsiy mas’uliyat hissini shakllantiradi. Axir, toza muhit — sog‘lom kelajak garovi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bezorilik — oddiy mojaro emas

Bezorilik — jamoat tartibiga qarşi qaratilgan, jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini...

Hadislar qa’ridan haqiqat izlab…

Hadis ilmining eng e’tiborli namoyandalaridan biri bölgan Abu Iso...

Taqiqdan amaliy himoyagacha

Mehnat munosabatlarida xavfsizlik faqat texnik talablar va baxtsiz hodisalarning...

Oddiy, ammo muhim tavsiya

Kuz-qiş mavsumida isitiş moslamalaridan foydalaniş ortişi bilan is gazidan...
KunTun
KunTun